PDD UZYHQ imtihoniga tayyorgarlikподготовка к экзамену ПДД
YHQ matni / 5-bob

5-bob. Yo‘lovchilarning majburiyatlari

O‘zbekiston Respublikasi Yo‘l harakati qoidalari, amaldagi tahrir.

23. Yo‘lovchilar transport vositasiga faqat u to‘liq to‘xtagandan so‘ng trotuar yoki yo‘l yoqasi tomondan chiqishga va tushishga majburdirlar.

Yo‘lovchilarning transport vositalaridan trotuar yoki yo‘l yoqasi tomondan tushishi yoki ularga chiqishining iloji bo‘lmagan hollarda, agar bu harakat xavf tug‘dirmasa yoki boshqa yo‘l harakati ishtirokchilariga xalaqit bermasa, yo‘lning qatnov qismi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Mazkur Qoidalarning 9-bandiga muvofiq xavfsizlik kamarlari bilan jihozlangan transport vositalarida harakatlanishdan oldin ularni taqib olish, mototsikl, elektromototsikl, moped yoki skuterlarda, shuningdek, kichik hajmdagi mototransport vositalarida harakatlanishidan oldin esa motoshlemni qadab olishi shart.

24. Yo‘lovchilarga:

transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalg‘itish (unga xalaqit berish);

harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida o‘tirish;

transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish;

transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda salondan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) chiqarish taqiqlanadi.

Bu talablarning bajarilishini haydovchi nazorat qilishi kerak.

O‘zingizni tekshiring
Imtihon formatidagi savollar, rasmlar bilan.

Biletlarni yechish